Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Iqtibos

Iqtibos
Seleksiya yutug‘i “bo‘rttirib” ko‘rsatilgan bo‘lishi mumkin — yangi ilmiy xulosa Yaqinda e'lon qilingan maqolada chet ellik olimlar seleksiya yutuqlari "bo'rttirib" ko'rsatilgan bo'lishi mumkinligidan xavotirda. Nature Communications’da e’lon qilingan xalqaro tadqiqot shuni ko‘rsatdiki: ko‘p yillardan beri dunyoda keng qo‘llanadigan “eski va yangi navni yonma-yon ekib hosilini solishtirish” yondashuvi seleksiyadagi genetik yutuqni to‘liq va to‘g‘ri talqin qila olmasligi mumkin. Tadqiqotchilar nimani demoqchi? Seleksiyadan keladigan “genetik hosil yutug‘i” aslida 2 qismdan iborat: Haqiqiy hosil salohiyatining oshishi — navning maksimal biologik hosil berish imkoniyati ko‘tariladi. “Genetik soflikni saqlab qolish” — iqlim o‘zgarishi, kasalliklar va zararkunandalar kuchayishi sharoitida eski navlar moslasha olmay hosilini yo‘qotadi, yangi navlar esa shu yo‘qotishni kompensatsiya qiladi. Bu juda muhim, lekin bu har doim ham “maksimal hosil oshishi” degani emas. Tadqiqot mualliflari Argentina, Fransiya, Buyuk Britaniya va AQShdagi 17 joyda sinalgan 849 ta bug‘doy navi ma’lumotlari tahlil qilingan. Umumiy hosil o‘sishi yiliga ~73 kg/ga bo‘lgan, ammo xulosaga ko‘ra bu o‘sishning taxminan yarmi zamonaviy navlarning haqiqiy hosil salohiyati oshgani bilan, qolgan qismi esa “genetik soflikni saqlab qolish” bilan izohlanadi. "Biz hozirgi sharoitda yangi va eski navlarni taqqoslash hosildorlik potentsialidagi genetik o'sishni ortiqcha baholashga olib keladi degan xulosaga keldik" deyiladi maqolada. Shuning uchun mualliflar genetik yutuqlarni baholashda ko‘p muhitli nav sinovlari va to‘g‘ri nazorat navlar bilan yanada mustahkam metodlarni tavsiya qiladi. BIZNI KUZATISHDA DAVOM ETING! O'GRITI axborot xizmati Telegram   Instagram Facebook WEB

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.