Iqtisodiy o‘sish, investitsiya va innovatsiyalar sari yangi qadam

Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimidagi Qishloq xo‘jaligi sohasi kadrlari malakasini oshirish va qayta tayyorlash institutida sohada faoliyat olib borayotgan kadrlar salohiyatini yuksaltirish va tarmoq boshqaruvini zamonaviy iqtisodiy mexanizmlar asosida olib borish maqsadida tashkil etilayotgan malaka oshirish kurslarining navbatdagi guruhi uchun o‘quv jarayonlari boshlandi.
“Agrar sohani iqtisodiy rivojlantirish, moliyaviy qo‘llab-quvvatlash hamda investitsiyalarni jalb qilish va innovatsiyalarni joriy etish” mavzusiga bag‘ishlangan o‘quv dasturi doirasida ishtirokchilar agrar sohada samarali boshqaruv va iqtisodiy tahlil asoslari, fermer va dehqon xo‘jaliklarini moliyaviy resurslar bilan ta’minlash va kredit siyosati, sektorga xorijiy va mahalliy investitsiyalarni yo‘naltirish, biznes-loyihalarni shakllantirish, qishloq xo‘jaligida raqamli texnologiyalar va ilg‘or innovatsion yechimlardan samarali foydalanish kabi muhim yo‘nalishlarda o‘z bilim va ko‘nikmalarini oshiradi.
O‘quv kurslari soha mutaxassislari, iqtisodchi ekspertlar va olimlar ishtirokidagi ochiq muloqotlar, seminar-treninglar hamda amaliy mashg‘ulotlar asosida olib boriladi.
Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring.
WEB| Telegram| Instagram | Facebook| Youtube