ISSIQXONALARDA "AGRO-TUR"!

Navoiy viloyat agroxizmatlar markazi tomonidan yoshlar uchun issiqxonalarga "Agro-tur" tashkil etildi.
“Zarafshon Golden Group” MCHJga qarashli. 3 gektar yer maydoniga ega hududda ayni mavsumda gektaridan 250-300 tonnagacha mahsulot olinadi. Oliy talim muassasasi talabalari issiqxona faoliyati bilan tanishish chogʻida tuproq uchun kerakli ozuqa tayyorlash, urugʻni niholga aylangandan soʻng parvarishlash, mahsulotlar sifatii saqlash uchun kerak boʻladigan ozuqaviy kimyoviy moddalar va ularning tayyorlanish jarayoni haqida ham aniq maʼlumotlarga ega boʻlishdi
Aytib oʻtish joiz, bugungi kunda viloyat boʻyicha 310 ta issiqxona faoliyat yuritmoqda. Shundan, 516 gektar issiqxonalarda pomidor, bodiring, shirin qalampir mahsulotlari yetishtirilib, ulardan yiliga 34000 tonnagacha mahsulot olinmoqda.Mazkur tizimda yoshlar safini kengaytirish nainki agrar soha taraqqiyoti uchun balki, tadbirkorlik, aholining bandlik darajasini oshirishda ham muhim ahamiyatga ega.