Issiqxonalardan samarali foydalanish masalalari muhokama qilindi

Qarshi tumanida “Hosildor zamin” loyihasi ishtirokchilari uchun “Issiqxonalardan samarali foydalanish” mavzusida seminar tashkil etildi.
Unda Qishloq xo‘jaligi vazirligining ilm-fan, innovatsiyalar va ta’limni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i To‘xtamurod Ataqulov, akademik M. Mirzaev nomidagi Bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti direktori Faxriddin Qirgizboyev, O‘simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot instituti direktori Zafarjon Ziyaev, Yaponiyaning Arid Land Research Center, Tottori University olimi doktor Monir Ahmed, FAOning issiqxona bo‘yicha eksperti Z. Abdiev va FAOning "FOLUR" loyihasi milliy muvofiqlashtiruvchisi Aziz Nurbekov ishtirok etdi.
Seminarda Qarshi davlat universiteti talabalari, Qarshi tumani 2-son politexnikumi o‘quvchilari hamda “Hosildor zamin” zamonaviy ko‘chatchilik ta’lim majmuasi tinglovchilari ham qatnashdi.
Tadbir davomida issiqxonalardan samarali foydalanish, zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish, resurs tejamkor usullarni qo‘llash hamda qurg‘oqchil hududlarda barqaror qishloq xo‘jaligini rivojlantirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Seminar savol-javoblar va fikr-mulohazalarga boy tarzda o‘tdi. Ishtirokchilarni qiziqtirgan masalalar yuzasidan mutaxassislar tomonidan tushuntirishlar berildi.
Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring.
WEB| Telegram| Instagram | Facebook| Youtube