Istiqbolli loyihalar muhokamada

Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi direktori o‘rinbosari Azizbek Bahodirov Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot institutida olib borilayotgan ilmiy faoliyat, laboratoriyalar hamda tajriba maydonlari bilan yaqindan tanishdi.
Institut direktori Bahodir Ibrohimov hamda institutning ilmiy jamoasi tomonidan ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlari, seleksiya va urug‘chilik ishlari, sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkaning yuqori avlod urug‘liklarini yetishtirish, urug‘lik kartoshka ishlab chiqarish jarayonlari, shuningdek, amalga oshirilayotgan istiqbolli ilmiy loyihalar yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.
Muloqot davomida ilmiy tadqiqotlarning natijadorligi va samaradorligini oshirish, innovatsion ishlanmalarni ishlab chiqarishga keng joriy etish, seleksiya va urug‘chilik yo‘nalishlarini yanada rivojlantirish hamda ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, institut faoliyatini yanada takomillashtirish, ilmiy ishlanmalarni amaliyotga tezkor tatbiq etish hamda istiqboldagi ustuvor vazifalarni samarali amalga oshirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.
Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring.
WEB| Telegram| Instagram | Facebook| Youtube