ITALIYALIK MUTAXASSISLAR INNOVATSION GURUHLARNI TUZISH BO‘YICHA TAJRIBA ALMASHADI

2023-yil 31-yanvar kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va BMT Taraqqiyot dasturi hamkorligida Italiyaning qishloq xo‘jaligi sohasidagi yetakchi mutaxassislari ishtirokida seminar o‘tkazildi.
Seminar mavzusi: “Agrooziq-ovqat sektorining “yashil iqtisodiyot”ga inklyuziv o‘tishini qo‘llab-quvvatlash va qishloq xo‘jaligi bilimlari va innovatsiyalarining iqlimga yo‘naltirilgan tizimini rivojlantirish”.
Seminardan ko‘zlangan maqsad O‘zbekiston fermerlarini Yevropa Ittifoqining innovatsion guruhlar faoliyati bo‘yicha tajribasi va bilimlari bilan tanishtirishdan iborat.
#tashrif #delegatsiya #hamkorlik #Ozbekiston #Italiya #qishloq_xojaligi #agrosanoat
WWW • TELEGRAM • FACEBOOK • YOUTUBE • INSTAGRAM