Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

ITI_hisoboti

ITI_hisoboti
#PSUvaYA_ITI Milliy markaz tizimidagi ilmiy muassasalar o'zlarining birinchi yarim yillikda erishgan natijalari haqida hisobot topshirmoqda Ilk taqdimot Paxta seleksiyasi, urug'chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti jamoasi tomonidan bo'lib o'tdi. Unda 2024-yilning yanvar-iyun oylarida institut laboratoriyalarida olib borilgan tadqiqotlar, chop etilgan maqolalar, o'tkazilgan seminar-treninglar va xorijiy hamkorlik aloqalari haqida so'z bordi. Institut jamoasi oxirgi 6 oylikda 6 ta nav namunasini davlat reystriga kiritdi, shundan yangi yaratilgan navlar soni 4 ta, 10 ta nav uchun esa patent olishga erishildi. Chop etilgan maqolalarning umumiy soni 162ta bo'lib, shundan 23 tasi xalqaro Scopus ba'zasida mavjud ilmiy jurnallarda nashr qilingan. 2 ta monografiya chop etildi, tavsiyanomalar esa 12tani tashkil etdi. Joriy yilda 56 ta paxta-to‘qimachilik agroklasterlari va fermer xo‘jaliklarida resurs va suvtejamkor texnologiyalarni keng maydonlarda joriy qilish borasida tavsiyalar berib borilishi natijasida hosildorlik 10-15% ga oshirishga erishildi. Shuningdek, institut tomonidan aholi daromadini oshirishga xizmat qiluvchi "Xonadonbay" loyihasini amalga oshirilishi, drayver yo'nalishlarda ko'zlangan natijalarning tahlili va yaqindan ish boshlagan Agroinnovatsiyalar va trening markazi haqida ham axborot berildi. Shuningdek, institut huzurida g'o'za urug'larini qayta ishlash va qadoqlash tsexi barpo etilgani ma'lum qilindi. Bizning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz! WEB|Telegram| Instagram | Facebook | Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.