Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Jahon banki ishtirokidagi loyiha doirasida hamkorlik kengaytirilmoqda

Jahon banki ishtirokidagi loyiha doirasida hamkorlik kengaytirilmoqda
Bugun O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazida Jahon banki vakili Bayarsaihan Tumurdava, Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazi direktori Shoxrux Akramov hamda Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazi direktori Shuxrat Otajonov va soha mutaxassislari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tomonlar Jahon banki ishtirokidagi “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish” loyihasi doirasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar, xususan, Qishloq xo‘jaligi ilmiy tadqiqot institutlari uchun xarid qilinishi ko‘zda tutilgan laboratoriya uskunalari, qishloq xo‘jaligi texnikalari hamda Qishloq xo‘jaligi ilmiy tadqiqot institutlari Muvofiqlashtirish markazini (Center of Excellence) tashkil etish singari bir qator masalalarni muhokama qildilar. Loyiha doirasida hamkorlikni kengaytirish hamda amalga oshiriladigan ishlarni jadallashtirish bo‘yicha istiqbolli rejalar borasida kelishib olindi. Website Telegram Facebook YouTube Instagram

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.