Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Jahon_agro_ilmida

Jahon_agro_ilmida
ISPAN SELEKSIONERLARI BINAFSHARANG BROKKOLI NAVINI YARATISHDI Ispan seleksionerlari binafsharang brokkoli navini yaratishdi. Ispaniyaning “Sakata Seed Iberica” kompaniyasi gullari va poyalari butkul binafsha rangdagi birinchi brokkoli navini taqdim etdi, deb xabar bermoqda xalqaro miqyosda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bozorini tahlil qilib boruvchi https://east-fruit.com/ sayti. Olimlar yangi navning nomini “Tyrian” deb atashgan. Yangi nav yuz foiz binafsha rangidan tashqari, agrotexnik xususiyatlari bilan ham katta ahamiyatga ega. Chunki u tik o‘sadigan juda kuchli o‘simlikdir. “O‘simlikning bir xilligi hosil yig‘ib olinishini osonlashtiradi. Tirian juda hosildor ham bo‘lib, uni turli hududlarda ekish butun yil davomida mahsulot olish imkonini beradi”, deb izohlagan “Sakata Seed Iberica” kompaniyasi xodimi Antonio Ibarra OAVlariga bergan intervyusida. Brokkolining ushbu navi yozgi hosil uchun 75 kunlik, qishki hosil uchun esa 105 kunlik siklga ega. “Tirian” antotsianlarga boy va yuqori antioksidant faollikka ega biomolekulalar unga binafsharang tus beradi, bunday rang esa tabiatda karamda uchraydi. Antotsianlar saratonga qarshi xususiyatlarga ega va ko‘rish qobiliyati hamda yurak qon-tomir tizimi uchun ham foydalidir. Shirin ta’mi, yumshoq teksturasi va kletchatkalarning kamligi “Tirian”ni oshxonada ko‘p qirrali mahsulot sifatida ishlatish imkonini beradi. Bundan tashqari, uning ajoyib ranggi va shakli, shuningdek, bozor tendensiyalari natijasi, ushbu brokkolining bozorda juda jozibali mahsulot sifatida tan olinishini ta’minlaydi, deyishmoqda ispan seleksionerlari. Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling! WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.