Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Jannatmakon bu yurtimizda eng ajib, eng totli meva-yu sabzavotlar yetishtiriladi. Bu zaminning ko‘zni quvnatar naqsh olma-yu anorlari, boldan-da shirin uzumlarini yemabsiz, dunyoga kelmabsiz. Mana…

Jannatmakon bu yurtimizda eng ajib, eng totli meva-yu sabzavotlar yetishtiriladi. Bu zaminning ko‘zni quvnatar naqsh olma-yu anorlari, boldan-da shirin uzumlarini yemabsiz, dunyoga kelmabsiz. Mana…
shunday betakror mevalarimizning navlarini saqlab qolish, uni dunyo bozorlariga olib chiqish maqsadida so‘nggi yillarda ko‘plab festivallar, ko‘rgazmalar tashkil etilmoqda. Bugun bir necha soatlardan so‘ng Toshkent viloyatining Parkent tumani Zarkent qishlog‘ida mana shunday nufuzli tadbirlarda biri — "Uzum sayli va xalqaro vinochilik festivali" boshlanadi. Mamlakatimizning turizm salohiyatini namoyish etish, milliy mahsulotlarimizni jahon bozoriga olib chiqishdek ulkan maqsadni ko‘zlagan ushbu festivalni yuqori saviyada o‘tkazish uchun yetarlicha tayyorgarlik ko‘rilgan. Festivalda sohaning yetuk mutaxassislari ishtirokida ilmiy-amaliy konferensiya, "Eng yaxshi uzum navi" va "Eng yaxshi vino mahsuloti" nominatsiyalari bo‘yicha respublika ko‘rik-tanlovi, hunarmandchilik mahsulotlari, milliy taomlar va liboslar ko‘rgazmalari hamda boshqa madaniy tadbirlar bo‘lib o‘tadi. Siz ham festivalga tashrif buyuring va biz bilan birgalikda betakror taassurotlarga oshno bo‘ling! #uzumchilik #xalqaro_konferensiya WebsiteTelegramFacebookYouTubeInstagram

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.