Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti

So‘nggi 5-yilda boshoqli don, dukkakli, moyli va yem-xashak ekinlarining 42 ta yangi navlari yaratildi.
19 ta navga patent, 10 ta navga guvohnomalar olindi. 17 ta yangi nav davlat nav sinoviga topshirildi. 40 ta nav Davlat reyestriga kiritildi.
2024-yilda kuzgi yumshoq bug‘doyning "Yuksalish" navi qishloq xo‘jaligi ekinlari reyestriga, kuzgi yumshoq bug‘doyning "Rohat", "Turon", "Ishonch", "Dovon" navlari bahorgi yumshoq bug‘doyni "Navro‘z", "Parvoz" navlari, qattiq bug‘doyni "Musaffo", "Nafis" navlari istiqbolli nav sifatida ekish tavsiya qilindi.
Institut olimlari tomonidan yaratilgan kuzgi yumshoq bug‘doyning 22 ta, qattiq bug‘doyning 7 ta, arpaning 4 ta, no‘xatning 4 ta, yasmiqning 2 ta navlari birlamchi urug‘chiligi tashkil etildi.
2024-2026-yillarga mo‘ljallangan chora-tadbirlar dasturiga muvofiq boshoqli, dukkakli, moyli va yem-xashak ekinlarining 20 ming duragaylari seleksiyasi va 27 ta nav urug‘chiligi bo‘yicha tadqiqotlar olib borilmoqda.
So'nggi 5 yilda amalyotga joriy etilgan ilmiy ishlanmalar 31 ta ni tashkil etadi.
Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling!
WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube