Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti hudud dehqonlarining ilmiy tayanchiga aylanishi kerak

Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot institutining faoliyati mamlakatimizning janubiy mintaqasi bo‘lgan Qashqadaryo, Surxondaryo qolaversa, Samarqand, Navoiy va Buxoro viloyatlari dehqonchiligini yuksaltirish, hudud tuproq-iqlim sharoitlariga mos ekinlarning navlarini yaratish, agrotexnikalarni ishlab chiqish bilan chamabarchas bog‘liq.
Bugun Milliy markaz direktori Shuhrat Otajonov ushbu ilmiy muassasa faoliyati bilan yaqindan tanishar ekan, bu yerdagi ilmiy salohiyat, laboratoriyalarda olib borilayotgan loyihalar va ularning natijadorligi bilan tanishdi. Shuningdek, boshoqli ekinlar seleksiyasi ustida olib borilayotgan ilmiy izlanishlarning dala tajriba maydonidagi holati bilan qiziqdi.
– Bir so‘z bilan aytganda, davlatimiz rahbariyati institutning ilmiy jamoasi oldiga qo‘ygan vazifalarni to‘laqonli uddalab, dehqonlarining haqiqiy ilmiy tayanchiga aylanishi zarur, – dedi Sh.Otajonov uchrashuv yakunida.