Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot institutida xalqaro ilmiy muloqot

Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot institutida xalqaro ilmiy muloqot
Yaponiyaning Arid Land Research Center, Tottori University olimi doktor Monir Ahmed, Qishloq xo‘jaligi vazirligi ilm-fan, innovatsiyalar va ta’limni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i To‘xtamurod Ataqulov hamda O‘simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot instituti direktori Zafar Ziyayev Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot institutida olib borilayotgan ilmiy faoliyat bilan tanishdi. Uchrashuv davomida mehmonlarga institutda faoliyat yuritayotgan genom texnologiyalari, biotexnologiya, in-vitro, fiziologiya, tuproqshunoslik hamda don sifati laboratoriyalarida olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar va ularning amaliy ahamiyati haqida batafsil ma’lumot berildi. Mutaxassislar tomonidan qishloq xo‘jaligi ekinlarining genetik imkoniyatlarini o‘rganish, yangi va istiqbolli navlarni yaratish, ularning turli iqlim sharoitlariga moslashuvchanligini oshirish borasida olib borilayotgan ilmiy izlanishlar taqdim etildi. Muloqot jarayonida ilmiy tajriba almashish, qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish, zamonaviy tadqiqot yo‘nalishlari bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirish hamda yosh olimlarning malakasini oshirish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi. Mazkur uchrashuv qishloq xo‘jaligi sohasida olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar samaradorligini oshirish, xalqaro ilmiy aloqalarni kengaytirish hamda innovatsion ishlanmalarni amaliyotga joriy etishda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi. Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring. WEB| Telegram| Instagram | Facebook| Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.