Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Janubiy Koreyaning "EPIS" loyihasi tomonidan "in-vitro" usulda ko'chat yetishtirishni o'rgangan mutaxassislarga sertifikatlar topshirildi

Janubiy Koreyaning "EPIS" loyihasi tomonidan "in-vitro" usulda ko'chat yetishtirishni o'rgangan mutaxassislarga sertifikatlar topshirildi
Avvalroq 15-oktabrdan, Qishloq xo'jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazida Koreya qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat va qishloq ishlari vazirligi va Koreya oziq-ovqat, qishloq xo‘jaligi, o‘rmon va baliqchilikda ta’limni rivojlantirish va axborot xizmati agentligi (EPIS) tomonidan uzoq muddatli o'quv seminarlari boshlangani haqida xabar bergan edik. Bugun o'quv kursini tamomlagan barcha qatnashchilarga Koreyaning EPIS loyihasi tomonidan maxsus sertifikatlar topshirildi. Ikki hafta davomida treninglarni Janubiy Koreyaning Seul universiteti professori Kim Sun Hyung olib borib, "Meva va sabzavot mahsulotlari sifatini oshirish uchun "Aqlli ferma" loyihasi doirasida malaka oshirish ta'lim dasturi" bo'yicha nazariy va amaliy mashg'ulotlar bo'lib o'tdi. Mashg'ulotlarga Milliy markaz va uning tizimidagi meva sabzavotchilikka ixtisoslashgan ilmiy muassasalardan mutaxassislari jalb etildi. Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling! WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.