Janubiy Koreyaning KOPIA – Uzbekistan xalqaro tashkilotining markazi Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot institutida tashkil etildi.

Bugun Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot institutida Janubiy Koreyaning KOPIA– Uzbekistan xalqaro tashkiloti markazining ochilish tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Ushbu tadbirda Janubiy Koreyaning KOPIA–Uzbekistan xalqaro tashkilot rahbari Sung Jong O‘, Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazi Xorijiy aloqalar va investitsiyalarni jalb etish sektori rahbari Sanjar Adilov, markazining Moliyalashtirish bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Nabira Jumabayeva, Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti direktori Rustam Nizomov va institut jamoasi ishtirok etib, o‘zlarining fikr va mulohozalarini bildirdilar.
Maʼlumot uchun, Janubiy Koreyaning KOPIA (Korea Program on International Agriculture) tashkiloti jahonning 20 dan ziyod davlatlarida faoliyat olib boradi.