Jarayon

Lalmikor dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti O‘simliklar fiziologiyasi va boshlang‘ich materiallar laboratoriyasi mudiri Nemat Umirov institutning markaziy tajriba maydonlarida Pokistondan olib kelingan bug‘doy gibridlarini sinovdan o‘tkazmoqda.
Mazkur gibridlar Pokistonning Faisalabad universiteti va Avstraliyaning Sidney universiteti olimlari hamkorligida yaratilgan. Hozirda ushbu muassasalar bilan hamkorlikda gibridlar mahalliy navlar bilan taqqoslanmoqda. Tajribalar orqali fermerlarga serhosil va resurs tejovchi yangi navlarni tavsiya etish ko‘zda tutilgan.
Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling!
WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube