Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Jarayon

Jarayon
Ipakchilik ilmining rivojlanishi tarmoq imkoniyatlarini kengaytiradi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi direktori Shuhrat Otajonov Ipakchilik ilmiy tadqiqot instituti faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Tanishuv davomida u institutning yangidan barpo etilayotgan binosi, zamonaviy laboratoriyalar va ilmiy tadqiqot jarayonlari bilan tanishib, mutaxassislar bilan suhbatlashdi. Tashrif davomida institut mas’ullari olimlar tomonidan so‘nggi yillarda yaratilgan yangi ipak qurti zotlari, ularning genetik xususiyatlari hamda soha uchun kiritilgan innovatsiyalarni namoyish qilishdi. Jumladan, “Sharq” deb nomlangan ipak qurti gibridi alohida e’tiborga sazovor bo‘ldi. U an’anaviy zotlarga nisbatan 8 kun oldin yetiladi, bu esa pillachilik samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Shuhrat Otajonov ilmiy xodimlarning izlanishlarini yuqori baholab, ipakchilikni rivojlantirishdagi ilmiy yondashuvning ahamiyatini ta’kidladi. Shuningdek, soha uchun innovatsiyalar va yangi texnologiyalarni joriy etish orqali milliy ipakchilik mahsulotlarini xalqaro bozorda raqobatbardosh qilish zarurligini qayd etdi. Muloqot davomida institut olimlari yangi tadqiqot yo‘nalishlari, mahalliy va xalqaro hamkorlik imkoniyatlari haqida ham ma’lumot berishdi. Ular milliy ipakchilikni yanada rivojlantirish, sohaga ilg‘or ishlanmalarni joriy etish va yangi, yuqori hosildor ipak qurti zotlarini yaratish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan tanishtirishdi. Yangiliklardan xabardor bo‘lib, agrotexnologiyadagi so‘nggi yutuqlarni biz bilan kuzatib boring! WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.