Jarayon

“Aqlli” issiqxonalar uchun kadrlar tayyorlash bo‘yicha ilk bosqich yakunlandi
Avval xabar berganimizdek, davlatimiz rahbarining tegishli qarorlari asosida yurtimiz hududlarida zamonaviy texnologiyalarga asoslangan “aqlli” issiqxonalarni tashkil etish, ularni tizimlashtirish va samarali faoliyat yuritishi uchun zarur bo‘lgan barcha chora-tadbirlar reja asosida amalga oshirilmoqda.
Shunday dasturlardan biri muvaffaqiyatli yakunlandi. Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi hamda Koreya mashinasozlik sanoati assotsiatsiyasi (KOAMI) hamkorligida tashkil etilgan tajriba issiqxonasida hududlardan tashrif buyurgan mutaxassislar uchun o‘quv kursi o‘tkazildi.
To‘rt kunlik seminar davomida ishtirokchilar issiqxonalarni turli iqlim sharoitlariga moslashtirish, ularni tashkil etish va samarali boshqarish borasida mutaxassislardan nazariy va amaliy bilimlar oldilar.
O‘quv dasturini muvaffaqiyatli yakunlagan ishtirokchilarga Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi hamda KOAMI tomonidan sertifikatlar topshirildi.
Yurtimizda tashkil etilishi rejalashtirilgan “aqlli” issiqxonalarda faoliyat yurituvchi yuqori malakali kadrlarni tayyorlash ishlari izchil ravishda davom ettiriladi.
Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling!
WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube