Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

JARAYON

JARAYON
LALMI MAYDONLARDA BAHORGI EKINLARNING TAJRIBA ISHLARI BOSHLANDI Lalmikor dehqonchilik ilmiy-tadqiqot institutining markaziy tajriba xo‘jaligi maydonlarida bahorgi ekinlarni ekish ishlari boshlab yuborildi. Tajriba doirasida bahorgi boshoqli don, dukkakli don, moyli va yem-xashak ekinlarining turli navlari ekilmoqda. Xususan, mahalliy va xorijiy seleksiyaga mansub bo‘lgan 80 ta no‘xat, 90 ta ko‘k no‘xat, 20 ta moyli zig‘ir, 30 ta maxsar va 135 ta yem-xashak ekinlari nav namunalari ustida tadqiqot ishlari olib boriladi. Shuningdek, Xalqaro ICARDA tashkilotidan keltirilgan bahorgi boshoqli don ekinlaridan 600 ta yumshoq bug‘doy, 130 ta tritikale va 125 ta bahorgi arpa namunalari ekilmoqda. Jami 1 000 dan ortiq nav va namunalardan iborat ekinlar lalmikor sharoitlarda o‘rganilib, tahlil qilinmoqda. Ushbu jarayon bahorgi ekinlarning hosildorligi va moslashuvchanligini aniqlashga xizmat qiladi. Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling! WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.