Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Jarayon

Jarayon
Agrar sohada yangi texnologiyalar davri boshlandi ⌛ Bugun Farg‘ona viloyatining Yozyovon tumani “Markaziy Farg‘ona” hududidagi “Mezon” fermer xo‘jaligida tashkil etilgan amaliy seminarda ishtirok etgan fermerlarning aksariyati sarlavhadagi gapni bot-bot ta’kidlashdii. Chunki seminar uchun tanlangan daladagi holat sohadan xabardor har qanday kishini shunday xulosaga olib keladi. Mazkur fermer xo‘jaligida Xitoyning “Tian ye agro” kompaniyasi bilan hamkorlikda 75 gektar maydonda 76 sxemada qo‘shqator usulda plyonka ostiga, tomchilatib sug‘orish texnologiya asosida, gektariga 230-250 ming tup ko‘chat parvarishlanib, paxta yetishtirilgan. 50 dan ortiq fermerlarni jamlagan ushbu seminarda ishtirokchilarga soha olimlari bilan birgalikda paxtachilikdagi yangicha yondashuvlar haqida ma’lumotlar berishga harakat qildik. Usbu dalada fermerlar Ilm-fan yutuqlari va yangicha texnologiya natiijasiga guvoh bo’lgaligini e’tirof etdilar. Aytish kerakki, bugungi kunda paxtachilikda olib borilayotgan islohotlar yaqin kelajakda o’zining ijobiy natijasini beradi. Chunki bugun oddiy dehqon va fermerlar ham ilmdan faqatgina olimlar emas, aksincha mahsulot yetishtiruvchilar va jamiyat ko’proq naf ko’rishini anglab yetmoqdalar. Bugungi seminarda bunga yana bir bor amin bo’ldik. https://t.me/Sh_Otajonov_Milliy_markaz

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.