jarayon

Xitoy g‘o‘za navlarini parvarishlashda To‘raqo‘rg‘on tajribasi
Xabar berib borayotganimizdek, mamlakatimiz paxtachilik ilmining olimlari va fermerlar bugun To‘raqo‘rg‘on tumanidagi “Baxtiyorj, Ne’matjon, Shavkatjon” fermer xo‘jaligida bo‘lib, ushbu xo‘jalikdagi Xitoy g‘o‘za navlarini parvarishlashda to‘plangan tajriba bilan yaqindan tanishdilar.
Ushbu xo‘jalikda chigit 76 lik sxemada plyonka ostiga qo‘shqator qilib ekilgan. Afzal jihatlari tomchilatib sug‘orish tizimi plyonka ostiga o‘rnatilganida.
⏸ Shu bois plyonka namlikni saqlab turadi, dalani begona o‘t bosmaydi va eng muhimi dalaga texnika ko‘p kirgizilmaydi. Bu esa resurslarni tejash, tannarxni kamaytirish va foydani oshirish imkonini beradi.
Ushbu tajriba seminar ishtirokchilarida katta qiziqish uyg‘otdi.
⌛ Seminarda so‘zga chiqqanlar to‘raqo‘rg‘onliklar tajribasini ommalashtirish to‘g‘risida fikr bildirdi.
© Tadbirda ishtirok etgan ommaviy axborot vositalari vakillari ham o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldi.
Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling!
WEBTelegram Instagram | Facebook |▶ Youtube