jarayon

#tashrif
Ayni damda Qishloq xojaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonovning Farg‘ona viloyatiga tashrifi boshlandi.
Vazir Ibrohim Abdurahmonov tashrif davomida viloyatda qishloq xo‘jaligi sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar bilan yaqindan tanishadi.
Tashrifning ilk manzili Yozyovon tumanidagi “Mezon” fermer xo‘jaligi bo‘ldi. Ushbu xo‘jalikda joriy qilingan tomchilatib sug‘orish texnologiyasi va Xitoyning “XinLuZao 78” navli g‘o‘za parvarish qilinayotgan maydondagi holat ko‘zdan kechirilib, fermerga vazirga hamrohlik qilayotgan soha olimlari tomonidan zarur tavsiyalar berildi.
⌛ Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonovning Farg‘ona viloyatiga amalga oshirayotgan tashrifida vazirlik huzuridagi Milliy markaz direktori Shuhrat Otajonov hamrohlik qilmoqda.
Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling!
WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube