Jarayon

Qonunchilik va ilm-fan integratsiyasi: Milliy genofond — strategik milliy boylik
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasi hamda ilmiy-tadqiqot muassasalari o‘rtasida imzolangan hamkorlik memorandumlari doirasida 2026-yil 13-fevral kuni deputatlari O‘simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot institutiga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida deputatlar institut faoliyati bilan yaqindan tanishib,
Milliy genofondni saqlash va undan oqilona foydalanish tizimi bilan tanishdilar hamda uning qishloq xo‘jaligi barqarorligi,
Oziq-ovqat xavfsizligi va seleksiya jarayonlari uchun alohida ahamiyatga ega strategik milliy boylik ekanini ta’kidladilar.
Shuningdek, uchrashuvda institut tomonidan erishilgan ilmiy-amaliy natijalar, genetik resurslar bazasini rivojlantirish bo‘yicha bajarilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi. Ilm-fan va amaliyot integratsiyasida uchrayotgan mavjud muammolar ham muhokama qilinib, ularni bartaraf etish, sohaga oid qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish hamda ilmiy asoslangan takliflarni ishlab chiqish yuzasidan amaliy muloqot o‘tkazildi.
Mazkur tashrif agrar sohaga oid qarorlar va qonunchilikni ishlab chiqishda ilmiy dalillar va milliy genofondni saqlash manfaatlarini ustuvor qo‘yish yo‘lidagi muhim hamkorlik qadami bo‘ldi.
BIZNI KUZATISHDA DAVOM ETING!
O'GRITI axborot xizmati
Telegram Instagram Facebook WEB
https://t.me/OGRITI_Uzbekistan