jarayon

Yashil makon: olimlar - daraxt ekib, bog‘ yaratmoqda!
Milliy markaz va uning tizimidagi Toshkent viloyatida joylashgan ilmiy muassasalar jamoalari akademik Mahmud Mirzayev nomidagi Bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot institutining Bo‘stonliq tumanidagi tog‘ yon bag‘irlarida joylashgan ilmiy tajriba stansiyasi tog‘ tajriba dalasida mevali ko‘chatlar o‘tqazishmoqda.
Bu yerda 5 gektar maydonda 2500 tup olma ko‘chatlari o‘tqazish rejalashtirilgan. Dam olish kunlaridan unumli foydalangan olimlar jamoasi esa rejadagi 2500 tup o‘rniga 3200 tup mahalliy iqlimga mos olma navlarini o‘tqazishdi.
Ko‘chatni to‘g‘ri o‘tqazish bo‘yicha akademik Mahmud Mirzayev nomidagi Bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti bo‘lim boshlig‘i, katta ilmiy xodim O‘tkir Ochildiyevning amaliy tavsiyasi nafaqat bugungi hashar ishtirokchilari balki rasmiy sahifalarimizning kuzatuvchilari uchun ham foydali bo‘lishi shubhasiz.
https://t.me/AKIS_milliy_markaz