Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

jarayon

jarayon
Ilm-fan yutuqlari ishlab chiqarishga tatbiq qilinsa, natijadorlik bo‘ladi So‘x tumanining tabiati, iqlim sharoiti sifatli kartoshka yetishtirishga juda qulay hisoblanadi. Shu bois azaldan So‘x kartoshkasiga talab yuqori bo‘lgan. Biroq keyingi yillarda sodir bo‘layotgan global iqlim o‘zgarishi har bir hududda yetishtiriladigan mahsulot uchun ilmiy asoslangan tavsiyalar, o‘ziga xos yangi nav va agrotexnologiyalarni talab qilmoqda. Ayni maqsadda So‘x tumanida Farg‘ona viloyati Agroxizmatlar markazi, Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti hamda institutning Andijon ilmiy tajriba stansiyasi ilmiy xodimlari tomonidan ko‘rgazmali ilmiy amaliy seminar o‘tkazildi. Seminarda Iste’mol va urug‘lik kartoshka yetishtirish hajmini oshirish, kartoshkachilik sohasida ilmiy asoslangan zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, urug‘lik kartoshkaning super elita va elita avlodlarini yetishtirishni kengaytirish, urug‘liklar tayyorlash, urug‘lik kartoshkani saqlash, kartoshkachilik sohasiga ilg‘or texnologiyalar, innovatsion yechimlar va ilm-fan yutuqlarini joriy qilishga e’tibor qaratildi. Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling! WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtubeinstitutning

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.