Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Jarayon

Jarayon
Milliy markaz jamoasi yangi ish haftasining ilk kunini o‘tgan haftada belgilangan ustuvor vazifalarning ijrosini tahlil qilish bilan boshladi. – Jamoa a’zolari o‘z oldiga qo‘ygan vazifalarni o‘z vaqtida a’lo darajada uddalashi, tashkilotning davlat tomonidan berilayotgan topshiriqlarning belgilangan muddatda to‘laqonli bajarilishini ta’minlaydi, – dedi Milliy markaz direktori Sh. Otajonov. Ta’kidlandiki, endilikda Milliy markaz tizimidagi ilmiy-tadqiqot institutlarining ilmiy laboratoriyalari natijadorligi ham izchil tahlil qilib boriladi. Boisi, ilmiy-tadqiqotlar natijasida qo‘lga kiritilayotgan ilmiy ishlanmalar tijoratlashtirilishi, agrar sohaga ilm-fanning yangi yutuqlari tatbiq qilinishi lozim. Shuningdek, ilmiy-tajriba stansiyalarining yer maydonlaridan samarali foydalanish, o‘tgan yilda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf qilish ham muhokamalar markazida bo‘ldi. Milliy markaz (AKIS) RASMIY KANALI

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.