jarayon

Qishloq xo‘jaligi ekinlarining urug‘chiligi yangi tizimining muhokamasi
Bugun Milliy markazda Urug‘chilikni rivojlantirish markazi, markaz tizimidagi ilmiy-tadqiqot institutlari rahbarlari, mutaxassislar va xususiy urug‘chilik kompaniyalari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.
Davra suhbatida urug‘chilik tizimini takomillashtirish, xususan davlatimiz rahbarining 2023 yil 15-dekabr 2023-yildagi "Paxtachilikda urug'chilik tizimini rivojlantirish hamda paxta hosildorligini oshirishning qo'shimcha chora tadbirlari to'g'risida"gi PQ-391-sonli qarorida belgilangan vazifalarni amalga oshirish yuzasidan qaror loyihasini tayyorlashda e’tibor qaratish lozim bo‘lgan ustuvor jihatlar muhokama qilindi.
Muhokamalar qizg‘in, bahs va munozaralarga boy ruhda o‘tdi.
Ushbu muhokamada Gresiyaning agrar sohadagi yetakchi xususiy kompaniyalaridan “SPIROU” kompaniyasi vakili ham ishtirok etib, bu borada Yevropa tajribasi bilan o‘rtoqlashdi.
Milliy markaz (AKIS) RASMIY KANALI