Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

jarayon

jarayon
"Global iqlim o‘zgarishi va suv tanqisligi sharoitida Toshkent viloyatida paxtachilikni innovatsion rivojlantirishda nimalarga e’tibor qaratish zarur? Bugun Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazidaToshkent viloyati Agroxizmatlar markazi tomonidan tashkil etilgan seminar-treningda yuqoridagi savollarga javob izlandi. Unda soha olimlari, mutaxassislar va fermerlar ishtirok etdi. Tadbirni O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisi Senatining Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasi raisi Bahodir Tojiev kirish so‘zi bilan ochib, bugungi global iqlim o‘zgarishi jarayonida paxta yetishtirishda resurstejamkor g‘o‘za navlarini ekish va yangicha agrotexnikalardan foydalanish xususida o‘zining fikr-mulohazalarini bildirdi. Shundan so‘ng so‘zga chiqqan Milliy markaz direktori Shuhrat Otajonov esa yuqori hosildorlik va foyda olish uchun eskicha yondoshuvlardan voz kechish, maqsadga yetishda ilmga tayanish zarurligini faktlar asoslangan misollar bilan ochib berdi.

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.