jarayon

Istiqboldagi loyihalar muhokama qilindi
Bugun Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Alisher Shukurov va Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi direktori Shuhrat Otajonov va boshqa mutasaddilar ishtirokida Akademik M. Mirzaev nomidagi Bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti hududida tashkil etiladigan Qishloq xo‘jaligi fundamental tadqiqotlari markazini (Centre Of Excellence) qurilishi loyihasini amalga oshirish muhokama qilindi.
Muhokama jarayonida vazir o‘rinbosari A. Shukurov loyiha ishlarini sifatli yakunlab, qurilish ishlarini boshlash to‘g‘risida o‘zining fikr-mulohazalarini bildirdi.
Ushbu markaz soha ilmida yuksak natijalarga erishiladigan ilmiy dargoh bo‘ladi. Buning uchun bizda ilmiy salohiyat, mablag‘ va barcha vositalar yetarli, – dedi vazir o‘rinbosari A. Shukurov.
Markaz qurilishi jarayonida institutining ta’mirtalab binolarini ham mukaamal ta’mirlash, ilmiy faoliyatni yuksaltirish borasida ham tegishli tavsiyalar berildi.