Sayt sinov rejimida işlamoqda: materiallar va tarjimalar hali töldirilmoqda.
Şrift:
Rang:
Mahsulotlar
Sayt xaritasi Kiriş
Gerb

Jarayon

Jarayon
Ilmiy faoliyat bilan tanishuv Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi Bosh direktorining birinchi o‘rinbosari - ijrochi direktor Sh. Teshayev O‘simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot institutida bo‘lib, olimlar uchun yaratilgan sharoitlar va ilmiy faoliyatdagi yangiliklar bilan yaqindan tanishdi. Muassasadagi mavjud laboratoriyalar va Qishloq xo‘jaligi ekinlari genetik resurslari Milliy genbankiga alohida e’tibor qaratildi. O‘z navbatida ilmiy xodimlar ilmda yuzaga kelayotgan yangiliklar xususida qiziqarli ma’lumotlar berdi. Sh. Teshayev olimlar jamoasining agrar soha ilm-fanida erishayotgan yutuqlari va ular faoliyatida to‘siq bo‘lib turgan masalalar bilan yaqindan tanishar ekan, ilmda yaratilgan har bir yangi ilmiy ishlanmani ommalashtirish, tijoratlashtirish zarurligi haqida to‘xtaldi. – Boisi, olimning ixtirosi ham o‘ziga, ham jamiyatga naf keltirishi kerak, –dedi Sh. Teshayev. https://t.me/AKIS_milliy_markaz

Manbani Telegramda oçiş

Xatoni ma’muriyatga yuboriş
Rahmat! Xabaringiz yuborildi.