Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

JDITI faoliyatini rivojlantirish, ilmiy nufuzini yuksaltirishga qaratilgan, 2023-yil uchun ishlab chiqilgan chora-tadbirlar ijrosini taminlash maqsadida, joriy yil 15-17 fevral kunlarida…

JDITI faoliyatini rivojlantirish, ilmiy nufuzini yuksaltirishga qaratilgan, 2023-yil uchun ishlab chiqilgan chora-tadbirlar ijrosini taminlash maqsadida, joriy yil 15-17 fevral kunlarida…
“Biotexnologiya gen injeneriyasi, molekulyar genetika, hujayra seleksiyasi, yangi texnologiyalarni qo'llash” dasturi doirasida uch kunlik smenar-trening tashkil etildi. Ilmiy xodim, doktorantlar faol ishtirok etgan mazkur seminarni Nepal davlati Хаlqaro ICARDA tashkilotidan kelgan olim dr. Ram Sharma olib bordi. Seminar davomida dr. Ram Sharma agrar sohadagi innovatsion yangiliklarni tatbiq etish, ilmiy izlanishda yangi texnologik metodlardan unumli foydalanish, yangi navlar ustida tizimli ishlash, tajriba orttirish va uning iqtisodiy samaradorligini aniqlash kabi muhim dolzarb masalalar xususida tinglovchilarga ma'lumot berdi. Shuningdek, tadbir qatnashchilari Qarshi tuman tajriba dala maydonida ham bo'lishdi, u yerda parvarish qilinayotgan g'allaning turli xil nav va namunalarini ko'zdan kechirishdi.

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.