Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

JICA bitiruvchisi Yaponiya tajribasini Piskentda joriy etmoqda

JICA bitiruvchisi Yaponiya tajribasini Piskentda joriy etmoqda
Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA)ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi o‘zining Instagram sahifasida “O‘qishdan amaliyotga: Piskentda yangi yondashuvlar” sarlavhasi ostida post e’lon qildi. Ma’lum qilinishicha, JICAning O‘zbekistondagi vakolatxonasi va Bitiruvchilar assotsiatsiyasi vakillari JICA o‘quv dasturi bitiruvchisi, Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi bo'lim bosh mutaxassisi Abdullaxon Shukurov faoliyati bilan tanishgan. JICA xabarida qayd etilishicha, Abdullaxon Shukurov Yaponiyada o‘tkazilgan “Kichik fermer xo‘jaliklari hayot darajasini yaxshilash uchun sabzavotchilik texnologiyalari” mavzusidagi 8 oylik o‘quv dasturida ishtirok etgan. Ma’lum qilinishicha, u hozirda Toshkent viloyati Piskent tumanida tomchilatib sug‘orish tizimi, suv resurslaridan samarali foydalanish hamda sabzavot va mevalarni himoyalangan sharoitda yetishtirishning zamonaviy usullarini joriy etmoqda. Shuningdek, Abdullaxon Shukurov yaponcha qulupnay yetishtirish texnologiyalarini o‘zlashtirib, ishlab chiqarishga yangi yondashuvlarni tatbiq etgani va bu agro-turizm yo‘nalishini rivojlantirishda munosib hissa ekanligi ta’kidlangan. Manba: JICA Uzbekistan Instagram sahifasi. https://www.instagram.com/p/DZB7rtbEdEc/?igsh=NW02cXh5dDgwcWkw Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring. WEB| Telegram| Instagram | Facebook| Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.