Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

JIYDA HAQIDA NIMALARNI BILASIZ?

JIYDA HAQIDA NIMALARNI BILASIZ?
Jiyda mevasi insonni tinchlantiruvchi ta’sirga ega. Bundan tashqari asab tizimi faoliyatini me’yorga keltiradi. Mevasi tarkibida 40-65 foiz qand, 11 foiz oqsil, kletchatka, yog‘, oshlovchi moddalar, organik kislotalar mavjud. Bundan tashqari jiydaning “go‘shtli” qismida kaliy va fosforli tuzlar, vitaminlardan V1 V2, RR, E bor. O‘simlik mevalari servitamin bo‘lganligi tufayli shifokorlar tomonidan kamqonlikda, teri qazg‘oqlanishida, bo‘y o‘smasligida iste’mol qilish tavsiya etiladi. Shuningdek jiyda mevalari organizmda tuz-suv mutanosibligini saqlash uchun, odamni fikrlash qobiliyatini oshirish uchun ham iste’mol qilinishi lozim. Bu meva oziq-ovqat sanoatida ham keng ishlatiladi. Undan kisel va mazali sharbatlar tayyorlash mumkin. Sharq jiydasining quruq mevalari tuyulib un olinadi, uni non va boshqa oziq-ovqat mahsulotlariga qo‘shib iste’mol qilish mumkin. Daraxtining yelimi kamyob hisoblanuvchi arab yelimining o‘rnini bosa oladi. U to‘qimachilik sanoatida ishlatiladi. Daraxt po‘stlog‘i va barglaridan teri oshlashda foydalaniladi. Farmasevtikada esa jiyda yelimi asosida maxsus emulsiyali dorilar tayyorlash mumkin. Jiydalar yorug‘sevar o‘simlik bo‘lganligi tufayli Markaziy Osiyo, xususan O‘zbekistonda yaxshi o‘sadi va mo‘l hosil beradi. Jiydaning 40 turi mavjud bo‘lib, shundan O‘zbekistonda 4 turi ya’ni, dorivor non jiyda, kumushsimon jiyda, qizil kandak, cho‘li kandak navlari ko‘proq ekiladi. Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling! WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.