Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Jizzax: ilmiy izlanishlar munosib sharoit yaratilganda samara beradi

Jizzax: ilmiy izlanishlar munosib sharoit yaratilganda samara beradi
Ilm-fan barcha yerda bo‘lgani kabi qishloq xo‘jaligining eng asosiy tayanchlaridan biri hisoblanadi. Dunyoda rivoj topgan davlat borki, bilimga suyanadi. Sinash va tajriba o‘tkazishdan charchash yo‘q. Bizda ham mana shu tamoyil ustuvor bo‘lmog‘i darkor. Hududlarda amalga oshirilayotgan islohotlar bilan tanishish maqsadida Jizzax viloyatiga tashrif buyurgan Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov navbatdagi manzil sifatida G‘allaorol tumanida joylashgan Lalmikor dehqonchilik ilmiy-tadqiqot institutini tanlagani ham bejiz emas. I.Abdurahmonov institut faoliyati bilan tanishar ekan, birinchi navbatda institut bugungi kunda qanday ishlarni amalga oshirayotgani, tadqiqotlar ko‘lami qay darajada bo‘lishiga e’tibor qaratdi. Institut hududiga kirib kelishdagi holat agrar sohaga bilim va innovatsiyalarni joriy etishga mas’ul bo‘lgan tashkilotning ish faoliyatini namoyon etishi lozim. Ammo yillar davomidagi e’tiborsizlik, ishni to‘g‘ri tashkil etishdagi kamchiliklar buning aksini ko‘rsatmoqda. Shu bilan birga xodimlar va ilm ahliga yaratilgan sharoitlar qoniqarsiz ekanligi ko‘rsatib o‘tildi. Vazir ayni jihatlarni qayd etib, avvalambor sharoit yaratib berilishi, ilmiy salohiyat to‘planadigan maskan nufuziga yarasha ish ko‘lamini belgilanishini alohida ta’kidladi. Website Telegram Facebook YouTube Instagram

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.