Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Joriy yilning 11-fevral sanasida Qishloq xo'jaligi vazirligi, Qishloq xo'jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi, “Olima” uyushmasi hamda Sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti hamkorligida…

Joriy yilning 11-fevral sanasida Qishloq xo'jaligi vazirligi, Qishloq xo'jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi, “Olima” uyushmasi hamda Sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti hamkorligida…
“Olima xotin-qizlarning qishloq xo‘jaligi fani taraqqiyotidagi o‘rni” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tadi. Unda qishloq xo‘jaligi ilm-fani sohasida tadqiqot olib borayotgan ayollar, talaba xotin-qizlar va fermer ayollar ishtirok etadi. Konferensiya maqsadi: BMT Bosh Assambleyasining 2015-yil 22-dekabrdagi yig‘ilishida “Taraqqiyot maqsadlaridagi fan, texnika va innovatsiyalar” to‘g‘risida rezolutsiya qabul qilindi. Mazkur rezolutsiyaga muvofiq 11-fevral – Xalqaro ilm-fan sohasida xotin-qizlar kuni sifatida e’tirof etildi. Mazkur tadbir qishloq xo‘jaligi sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan olima xotin-qizlarning ilm-fan rivojiga qo‘shayotgan hissasini e’tirof etishga bag‘ishlangan. Tadbirda olima xotin-qizlarning erishayotgan ilmiy-amaliy yutuqlari, ular ishtirokida yaratilayotgan innovatsion texnologiyalar, shuningdek, global iqlim o‘zgarishi sharoitida amalga oshirilayotgan zamonaviy tadqiqotlar muhokama qilinadi. Anjumanda sohada mavjud muammolarning ilmiy yechimini ta’minlashda xotin-qizlarning hissasi, mamlakatimiz va xorijlik olima ayollar tomonidan olib borilayotgan ilmiy-tadqiqotlar hamda ularning natijalarini amaliyotga tatbiq etishga alohida e’tibor qaratiladi. Konferensiyaning asosiy yo‘nalishlari: 1-yo'nalish. Qishloq xo‘jaligi ekinlarining genetik resurslari va bioekologik xilma-xilligini saqlash; 2-yo'nalish. Qishloq xo‘jaligi ekinlarini jadal yetishtirish, urug‘chilik va ko‘chatchilikni takomillashtirishda resurstejamkor texnologiyalarni qo‘llash samaradorligi; 3-yo'nalish. Iqlim o‘zgarishi sharoitida tabiiy resurslardan oqilona foydalanishning ekologik, ilmiy-innovatsion, iqtisodiy va huquqiy asoslari; 4-yo'nalish. Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda raqamlashtirish texnologiyalarini qo‘llash; 5-yo'nalish. Dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlarini saqlash va dastlabki qayta ishlashning bugungi holati hamda istiqbollari. Konferensiya maqolalar to'plamiga materiallarni qabul qilish 10-fevralgacha amalga oshiriladi. Maqola va tezislar +998909199726 @SholichilikITI telegram profili orqali qabul qilinadi. Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling! WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.