Joriy yilning 17 sentabr kuni Turkiyaning Adana shahrida joylashgan O’rtayer dengizi qishloq xo’jaligi ilmiy tadqiqot institutida yetishtirilayotgan tabiiy rangli tolali paxta navlari bilan tanishish…

maqsadida Turkiya qishloq va o’rmon xo’jaligi vaziri Prof. Dr. Vahit Kirişci tashrif buyurdi. Uchrashuvda janob vazir O’zbekiston va Turkiya o’rtasidagi do’stlik va ilmiy hamkorlik aloqalarni mustahkamlash lozimligini hamda rangli paxta bo’yicha hamkorligimizni kuchaytirish zarurligini va hamkorlik ishimizni to’liq qo’llab-quvvatlashini ta’kidladi.
Ushbu uchrashuvda Paxta seleksiyasi, urug'chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti yosh olimlaridan biri q.x.f.d. Qurbonov Abrorjon faol ishtirok etdi.
Bizni kuzatishda davom eting.