Joriy yilning 22-yanvar kuni Xitoy Xalq Respublikasining poytaxti Pekin shahrida joylashgan O‘zbekiston elchixonasida "O‘zbekiston-Xitoy agrar ta’lim forumi" bo‘lib o‘tdi.

Forum doirasida, O‘zbekiston – Xitoy hamkorlik munosabatlari yanada mustahkamlash, qishloq xo‘jaligi, ayniqsa, oziq-ovqat xavfsizligi yo‘nalishidagi qo‘lga kiritgan yutuqlari, hosildorlikni oshirishga xizmat qiladigan yangi texnologiyalarini mamlakatimizda ham joriy etish masalalari muhokama qilindi.
Muxtasar aytganda, mazkur forum doirasida 34 ta hamkor tashkilotlar bilan qishloq xo‘jaligi fanlarini rivojlantirishga qaratilgan uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi va bir qancha manfaatli kelishuvlarga erishildi.
Website Telegram Facebook YouTube Instagram