Joriy yilning 28 sentabr kuni Janubiy Koreya Respublikasining Kvangdju shahrida boʼlib oʼtgan "AI TECH+ 2022" koʼrgazmasi hamda "Qishloq xoʼjaligida sunʼiy intellektning innovatsion texnologiyalari"…

mavzusidagi xalqaro konferensiyada Paxta selektsiyasi, urugʼchiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti hamda Innovatsion rivojlanish vazirligi Toshkent viloyati hududiy innovatsion rivojlanish boshqarmasidan yosh mutaxassis va olimlar ishtirok etishdi.
Konferensiya Janubiy Koreyaning Qishloq xoʼjaligi texnologiyalari instituti tomonidan Jeollanamdo qidhloq xo'jaligi ilmiy-tadqiqot instituti koʼmagida tashkil etilgan boʼlib, asosiy maqsad qishloq xoʼjaligida sunʼiy intellektni qoʼllash va joriy etish hisoblanadi.
Paxta seleksiyasi, urug'chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti yetakchi mutaxassisi Zarina Alimova o'zining "Paxtachilikda aqlli sugo'rish tizimini joriy etish" nomli dokladi bilan konferensiyada faol ishtirok etdi.
AKIS UZBEKISTAN