Sayt sinov rejimida işlamoqda: materiallar va tarjimalar hali töldirilmoqda.
Şrift:
Rang:
Mahsulotlar
Sayt xaritasi Kiriş
Gerb

Joriy yilning 28 sentabr kuni Janubiy Koreya Respublikasining Kvangdju shahrida boʼlib oʼtgan "AI TECH+ 2022" koʼrgazmasi hamda "Qishloq xoʼjaligida sunʼiy intellektning innovatsion texnologiyalari"…

Joriy yilning 28 sentabr kuni Janubiy Koreya Respublikasining Kvangdju shahrida boʼlib oʼtgan "AI TECH+ 2022" koʼrgazmasi hamda "Qishloq xoʼjaligida sunʼiy intellektning innovatsion texnologiyalari"…
mavzusidagi xalqaro konferensiyada Paxta selektsiyasi, urugʼchiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti hamda Innovatsion rivojlanish vazirligi Toshkent viloyati hududiy innovatsion rivojlanish boshqarmasidan yosh mutaxassis va olimlar ishtirok etishdi. Konferensiya Janubiy Koreyaning Qishloq xoʼjaligi texnologiyalari instituti tomonidan Jeollanamdo qidhloq xo'jaligi ilmiy-tadqiqot instituti koʼmagida tashkil etilgan boʼlib, asosiy maqsad qishloq xoʼjaligida sunʼiy intellektni qoʼllash va joriy etish hisoblanadi. Paxta seleksiyasi, urug'chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti yetakchi mutaxassisi Zarina Alimova o'zining "Paxtachilikda aqlli sugo'rish tizimini joriy etish" nomli dokladi bilan konferensiyada faol ishtirok etdi. AKIS UZBEKISTAN

Manbani Telegramda oçiş

Xatoni ma’muriyatga yuboriş
Rahmat! Xabaringiz yuborildi.