Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Karam koʼchatini ekish

Karam koʼchatini ekish
Karam koʼchati ekiladigan yerlar kuzda chuqur shudgor qilinadi. Dukkakli ekinlar karam uchun eng yaxshi oʼtmishdosh hisoblanadi. Mahalliy o'g'itni kuzgi shudgordan oldin berishingiz maqsadga muvofiqdir. Erta bahorda yer haydalmaydi, balki borona bilan yuzasi yumshatib, har xil xas-oʼtlardan tozalab chiqiladi. Unutmaslik kerakki, karam ekiladigan tuproq zich boʼlishi lozim. Koʼchatlar urugʼ sepilgandan 5–7 hafta oʼtgach koʼchirib oʼtqaziladi. Аniq muddatlar har bir karam turi tavsifida keltirilgan. Ekishga bir kun qolganda koʼchatlar sugʼoriladi. Koʼchatlar ildizi tutib olgan tuproq bilan birga sugʼuriladi va ildiz qurib qolmasligi uchun darhol oʼrab qoʼyiladi. Egatlarga chopqi yoki uya qazigich bilan uya qazib chiqiladi va ichiga suv quyilib ekishga kirishiladi. Ekish chuqurligi har bir tur tavsifida keltirilgan. Koʼchat ekilgach, ildiz atrofi barmoq yoki uya qazigich bilan ohista zichlab qoʼyiladi. Koʼchatlar ekib boʼlingach yaxshilab sugʼoriladi. AKIS UZBEKISTAN

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.