Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Karam ko’chatlaringiz xavf ostida bo’lishi mumkin!

Karam ko’chatlaringiz xavf ostida bo’lishi mumkin!
Shu kunlarda ko‘pchilik dehqonlar bug‘doydan bo‘shagan yerlarga takroriy ekin sifatida karam ekkan. Tajribali dehqonlar bilan bir qatorda, birinchi marta karam ekayotganlar ham anchagina. Shuning uchun karamga qanday hasharotlar tushishi ва ular qanday zarar yetkazishini bilib olish muhim. Karamni asosan quyidagi zararli hasharotlar zararlaydi: Karam kuyasi (kapalak) — Lichinkalari barg orasiga kirib, uni ichi bo‘sh qilib qo‘yadi. Karam burga (qo‘ng‘izcha) — Ayniqsa ko‘chat davrida barglarni teshib, o‘sishini sekinlashtiradi. Trips — Juda mayda, lekin xavfli. Barglarda dog‘lar qoldirib, mahsulot sifatini tushiradi. Shira (aphid) — O‘simlik sharbatini so‘rib, virusli kasalliklarni tarqatadi. O‘rgimchak kanasi — Barg ostida yashirinadi, to‘r hosil qiladi ва o‘simlikni zaiflashtiradi. Bu hasharotlar karamingizga katta zarar yetkazishi mumkin. Demak, zararli hasharotlar bilan tanishib oldingiz. Ularning har biriga qarshi qanday choralar ko‘rish kerakligini esa keyingi postda batafsil bayon qilamiz. Ma’lumot foydali bo‘lsa, uni do‘stlaringizga ulashing ва kanalimizga obuna bo‘lishni unutmang! https://t.me/dehqongayordam #Karam #Zararkunanda #Hasharotlar #AgroMaslahat #DehqonlarUchun #AgroOlam

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.