Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Kartoshka etishtirishda Koreya tajribasi

Kartoshka etishtirishda Koreya tajribasi
Qishloq xo‘jaligi vazirligi tashabbusi bilan Toshkent davlat agrar universitetida “O‘zbekistonda kartoshkachilik sohasining istiqbollari. Koreya Respublikasi tajribasi asosida yil davomida kartoshka yetishtirish texnologiyasi” mavzusida seminar-trening bo’lib o’tdi. Video-konferens-aloqa shaklidagi tadbirni kirish so‘zi bilan ochib bergan Qishloq xo‘jaligi vazirligi departament boshlig‘i o‘rinbosari Jamshid Abduzuhurov oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda kartoshkachilikni rivojlantirishning ahamiyati xususida so’z yuritdi. Kartoshka yetishtiruvchilar va qishloq xo‘jaligiga ixtisoslashgan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tashkil etilgan seminar-treningda Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti direktori, professor Rustam Nizomov, Xalqaro o‘simlikshunoslik instituti prezidenti, professor Lee Yong Beom, “GS-Bio” MCHJ xorijiy korxonasi direktori Kim Mi Gyeounglar mavzu yuzasidan o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi.

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.