Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Kartoshka urug‘chiligi bo‘yicha mini-tuganaklar yetishtirish uchun tanlov e’lon qilinadi

Kartoshka urug‘chiligi bo‘yicha mini-tuganaklar yetishtirish uchun tanlov e’lon qilinadi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-sentabrdagi “Respublikada kartoshka yetishtirishni ko‘paytirish va urug‘chiligini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–269-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tomonidan 2026-yildan boshlab har yili kartoshkaning in-vitro o‘simliklari va mikrotuganaklari asosida 10 million dona mini-tuganak yetishtirish uchun tanlov e’lon qilinadi. Mazkur loyiha doirasidagi xarajatlarni moliyalashtirish uchun O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetidan, Qishloq xo‘jaligi vazirligi orqali, Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markaziga 1,5 million AQSH dollari ekvivalentida milliy valyutada transfert mablag‘lari ajratilgan. Tanlovda ishtirok etish istagida bo‘lgan tashkilot va subyektlar belgilangan tartibda Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markaziga murojaat qilishlari mumkin. Manzil: Toshkent viloyati, Yuqori Chirchiq tumani, “Ahmad Yassaviy” MFY, Sharof Rashidov ko‘chasi, 1-uy Pochta indeksi: 111909 Elektron pochta: info@agroilm.uz Website Telegram Facebook YouTube Instagram

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.