Kartoshkachilik sohasi yangi bosqichga olib chiqilmoqda

Joriy yilning 4-5 dekabr kunlari qadimiy va hamisha navqiron Samarqand shahrida O‘zbekiston va Belarus o‘rtasidagi hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiya yig‘ilishi, shuningdek, O‘zbekiston-Belarus biznes-forumi bo‘lib o‘tdi.
Unda, xalqaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash masalalariga qaratilgan bir qator uchrashuvlar o‘tkazildi.
⏺Jumladan, Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti direktori Nizomov Rustam Axrolovich hamda Belarus Milliy Fanlar Akademiyasi Meva-sabzavotchilik va kartoshkachilik ilmiy-amaliy markazi direktori Maxanko Vadim Leonidovich o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Unda agrar sohada kartoshkaning yangi navini yetishtirish, kartoshka seleksiyasini tashkil etish, “in-vitro” usulida kartoshka urug‘chiligining yangi texnologiyalarini tadqiq qilish, xalqaro qo‘shma loyihalar doirasida tadqiqotlar o‘tkazish, soha xodimlari malakasi oshirish kabi qator masalalar muhokama qilindi.
Shuningdek, uchrashuv so‘nggida ikki ilmiy muassasa o‘rtasida kartoshkachilik sohasini rivojlantirish va yangi navni amaliyotga tatbiq etishga qaratilgan hamkorlik memorandumi imzolandi.
Website Telegram Facebook YouTube Instagram