Kasaba uyushmalari faoliyatida yangi yondashuvlar

Xabaringiz bor, bugun Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazida O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi hamda O‘zbekiston agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi hamkorligida “Tarmoq kasaba uyushmasining Toshkent shahridagi tashkilotlar raislarining nizomda belgilangan faoliyat yo‘nalishlari, jumladan gender tenglik masalalari bo‘yicha samarali ishlarni taʼminlash borasida bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish” bo‘yicha o‘quv-amaliy seminari tashkil etildi.
Tadbir avvalida O‘zbekiston agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi raisi Eshmirza Abdualimov kirish so‘zi bilan ishtirok etib, seminar ishtirokchilariga muvoffaqiyat tiladi.
Shundan so‘ng ishtirokchilarga kasaba uyushmalari faoliyatiga oid taqdimotlar havola etildi. Seminar davomida ular Milliy markaz hamda tizimdagi laboratoriyalar va zamonaviy issiqxonalar faoliyati bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ldilar.
Batafsil ushbu videorolikda tanishishingiz mumkin.
Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring.
WEB| Telegram| Instagram | Facebook| Youtube