Kasb tanla – hunar o‘rgan

Inson hayotda o‘z o‘rnini topishi uchun yoshlikda kasb-hunar sirlarini puxta egallashi zarur. Aks holda yoshlikdagi orzular orzuligicha qolib ketishi ehtimoli katta. Shu bois davlatimiz rahbariyati mamlakatimizda yoshlarning ta’lim –tarbiyasiga jiddiy e’tibor qaratadi.
Uzluksiz ta’limni davom ettirish maqsadida har yili maktab bitiruvchilari uchun oliy va o‘rta-maxsus ta’lim muassasalarida “Ochiq eshiklar kuni” tadbirlari o‘tkaziladi.
Shunday tadbirlardan biri Qishloq xo‘jaligi vazirligi tasarrufidagi Yangiyo‘l agrotexnologiyalar texnikumida ham o‘tkazildi. “Ochiq eshiklar kuni”ga Yangiyo‘l shahridagi ko‘plab maktablarning bitiriuvchi sinf o‘quvchilari taklif qilindi.
⌛Tadbirda ushbu texnikumning imkoniyatlari va egallanadigan mutaxssisliklar to‘g‘risida o‘quvchilarga batafsil ma’lumot berildi.
“Ochiq eshiklar kuni”da ishtirok etgan Qishloq xo‘jaligi vazirligining Ilm-fan va innovatsiyalar va ta’limni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i To‘xtamurod Ataqulovning texnikumni 2 yil ichida bitirib nafaqat kasb va diplomga, balki muvaffaqiyatli bitirgan bitiruvchilarga o‘qishni agrar yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalarida davom ettirishga imkoniyat berilishi haqida bergan ma’lumoti maktab bitiruvchilarni qiziqtirib qo‘ydi.
Tadbirda ishtirok etgan maktab bitiruvchilarining aksariyati kelgusida ushbu texnikumda o‘qish istagi paydo bo‘lganini bildirishdi.
Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling!
WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube