Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Kattaqo‘rg‘on paxtachilik amaliy seminari: ilm-fan va amaliyot uyg‘unligi

Kattaqo‘rg‘on paxtachilik amaliy seminari: ilm-fan va amaliyot uyg‘unligi
Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on tumanida Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov ishtirokida paxtachilikda yuqori hosildorlikka erishish, ilmiy yondashuvlarni amaliyotga keng joriy etish hamda zamonaviy agrotexnologiyalardan samarali foydalanish masalalariga bag‘ishlangan amaliy seminar tashkil etildi. Seminarda Kattaqo‘rg‘on tumani va unga yondosh hududlardagi fermerlar, agronomlar, tuman hokimlarining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari, olimlar hamda soha mutaxassislari ishtirok etdi. ℹ Tadbir davomida “Paxtachilikda yuqori hosildorlikka erishishning 8 ta qonuni” asosida g‘o‘za parvarishining bugungi mas’uliyatli bosqichida bajarilishi lozim bo‘lgan agrotexnik tadbirlar, sug‘orish va oziqlantirish tizimini to‘g‘ri tashkil etish, zararkunanda va kasalliklarga qarshi kurashish hamda hosildorlikni oshirish masalalari muhokama qilindi. Mutaxassislar tomonidan dala sharoitidan kelib chiqib agrotexnik tadbirlarni rejalashtirish, suv va mineral o‘g‘itlardan samarali foydalanish, g‘o‘zaning rivojlanish bosqichlariga mos parvarish ishlarini olib borish hamda zamonaviy texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar berildi. Seminar davomida ilm-fan yutuqlarini ishlab chiqarishga tatbiq etish, ilg‘or tajribalarni ommalashtirish va har bir gektardan yuqori hosil olish imkoniyatlarini kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov dala ishlarini belgilangan muddatlarda, sifatli va ilmiy yondashuv asosida tashkil etish, zamonaviy agrotexnologiyalardan samarali foydalanish yuqori hosildorlikka erishishning muhim omili ekanini ta’kidladi. Seminar yakunida fermerlar va soha mutaxassislari bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularni qiziqtirgan savollarga batafsil javob berildi. Website Telegram Facebook YouTube Instagram

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.