Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Kavrak haqida qiziq ma’lumot

Kavrak haqida qiziq ma’lumot
Kavrakning yer yuzida 160 dan ziyod turi, O‘rta Osiyoda 104, yurtimizda 50 turi uchraydi. Kavrakning yelim-smolasi xalq tabobatida o‘pka sili, o‘lat, zaxm, ko‘k-yo‘tal, tish og‘rig‘i, asab va boshqa kasalliklarni davolash uchun, hamda quvvat beruvchi, balg‘am ko‘chiruvchi va gijja haydovchi dori sifatida qo‘llaniladi. ℹ Ilmiy tibbiyotda kavrak yelim-smolasi – “assafetida” nomi bilan kukun, emulsiya va tindirma holida og‘riq qoldiruvchi, balg‘am ko‘chiruvchi, quvvat beruvchi va tinchlantiruvchi vosita sifatida ishlatiladi va ko‘pgina davlatlar farmakopeyasiga kiritilgan. Jahon bozorida 1 kg kavrak shirasining o‘rtacha narxi 150-200 AQSh dollar bo‘lib, mahalliy tadbirkorlar 47-50 dollardan eksport qilmoqda. Hindiston, Xitoy va Fransiyada kavrakdan dori vositalari, efir moylari va turli ziravorlar ishlab chiqarib yiliga 8,7 mlrd dollargacha daromad qiladi. Kavrakning jahon bozoridagi yillik aylanmasi esa 17 mlrd dollarni tashkil etadi. Website Telegram Facebook YouTube Instagram

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.