Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Ketma-ket boʻlib oʻtgan 10 ta tadbir…

Ketma-ket boʻlib oʻtgan 10 ta tadbir…
Hech qanday tanaffussiz va hatto tushliksiz davom etgan qariyb 10 soatlik ish vaqti… Prezidentning Koreyaga tashrifi 1 kuniga nazar tashlasak. Odatda Oʻzbekiston yetakchisining xorijiy tashriflari juda tigʻiz boʻlib, tadbirlar, uchrashuvlarga boy oʻtadi. Prezidentimiz hech bir tashrifda faqat siyosiy muloqotlar bilangina cheklanib qolmagan. Davlat rahbari har gal oʻsha mamlakatning yirik kompaniyalari, katta biznes egalari bilan shaxsan uchrashadiki, ular Oʻzbekiston iqtisodiyotiga yanada koʻproq sarmoya kiritsin, texnologiyasini olib kirsin, zavod, fabrika, qoʻshma korxona qursin, pirovardida oʻzimizning qora koʻzlar uchun yangi va yuqori daromadli ish oʻrinlari boʻlsin. 15-sentyabr, Koreya tashrifining 2-kuni. Prezidentimizning ish jadvali shu qadar tigʻiz ediki, shu kuni biz jurnalistlarga ham oson boʻlmasligini erta tongdanoq payqadik. Davlat rahbari 1 kunning oʻzida 10 ta tadbirda ishtirok etdi. Koreya Parlamenti raisi va Bosh vaziri bilan uchrashuv, ushbu mamlakatning eng yirik kompaniyalari rahbarlari ishtirokida 6 ta qabul, Oʻzbekiston — Koreya biznes forumida qatnashish va eng soʻnggida vatandoshlar bilan muloqot. Tasavvur qiling, ertalab soat 10 larda boshlangan tadbirlar ketma-ket, orada hech qanday tanaffuslarsiz, oʻrni kelganda aytishim kerak, hatto tushliksiz salkam 20:00 ga qadar davom etdi. Nafas rostlashga ulgurmasdik hatto. Vatandoshlar bilan muloqot taxminan 18:00 larda boshlandi. Bu vaqtga kelib, tan olaman biz juda toliqqan edik. Ammo oxirgi biznes uchrashuvni yakunlab, ketidan darrov yurtdoshlarimiz bilan muloqot uchun zalga kirib kelgan Prezidentimiz hamon ishchan kayfiyatda edi. Hech qanday mubolagʻasiz aytamanki, davlatimiz rahbarida hayratlanarli darajadagi energiya bor va uning juda yuqori darajadagi TEMPiga chidash oson emas. ⏰ Muloqot boshlanganiga 1 soatlar boʻlganida protokol xizmati rahbari Prezidentga “9 soat boʻldi” dedi past ovozda. Ya’ni davlat rahbari uzliksiz 9 soatdan beri ishlayotgan edi. Shu gapdan keyin ham Oʻzbekiston yetakchisi vatandoshlarimiz bilan 1 soat suhbatlashdi. Va shunda ham ertaga (ya’ni 16-sentyabrda) katta sammit borligi, unga tayyorgarlik koʻrish kerakligini aytgan holda Koreyada yashayotgan va tahsil olayotgan yurtdoshlarimiz bilan xayrlashdi. Ana shunaqa gaplar. Aslida, davlat rahbarining yurt taraqqiyoti yoʻlidagi har bir kunlik faoliyati, har bir xorijiy tashrifi ana shunday betinim oʻtadi. Men faqat bu safargisini batafsil sharhlashga urindim, xolos. Yuqoridagi videoda esa ushbu kun voqealarini 3 daqiqaga sigʻdirish uchun uning 20–30 barobarga qisqartirilgan variantini tomosha qilishingiz mumkin. @jahongirolimov_rasmiy

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.