Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Keyingi yildan “Raqamli startaplar” dasturi kengaytirilib, startap g‘oyasidan to eksportgacha ko‘maklashadigan yangi tizim yo‘lga qo‘yiladi.

Keyingi yildan “Raqamli startaplar” dasturi kengaytirilib, startap g‘oyasidan to eksportgacha ko‘maklashadigan yangi tizim yo‘lga qo‘yiladi.
Bu jarayonda xususiy startap markazlarini tashkil etish uchun Yoshlar jamg‘armasidan besh yil muddatga 5 milliard so‘mgacha foizsiz ssuda beriladi. Bundan tashqari, Markaziy bankda Fintex ofisi va Innovatsion xab tashkil etilib, unga Singapurdan mutaxassislar jalb qilinadi. Natijada yiliga 15-20 ta fintex startapni tashqi bozorga olib chiqish, ularga jami 1 milliard dollar investitsiya jalb qilish imkoniyati yaratiladi. Umuman, venchur fondlar, startaplar, fintex kabi yangi moliyaviy instrumentlar bozorini rivojlantirish, mazkur sohadagi barcha ishtirokchilar huquqlarini qonun bilan kafolatlab qo‘yish zarurligi ta’kidlandi. Prezidentimiz parlamentni Hukumat bilan birgalikda “Muqobil investitsiya jamg‘armalari to‘g‘risida”gi qonunni ishlab chiqishga chaqirdi. Facebook|Instagram|X

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.